Новое порно всегда на твоём телефоне или планшете. Горы бесплатных новинок порадуют самого искушенного пользователя





1 2 3 ... 5 >>

MUHABBAT JILG`ALARI: Qirmizi OLMA

JASUR: - Yolg`iz farzanda bo`lsang, yoshing 18 dan oshdimi, bo`ldi! Orzu havasini ko`rayin deb, uydagilar uylab qo`yish payiga tushub qolishadi. Yoshim 20 da ikki yildan buyun onam: Hoy Jasur yoqtirganing bo`lsa ayt ammang bilan borib kelayin. Bo`lmasam o`zim topayin, deya uyg`otadilar erta tongdan. - Shoshmang ona biroz! -deyman. - Bay-bay-bay, o`zbegimning qizlari shunday go`zallarki, daraxtdagi qirmizi olma misoli. Hammasi bir-biridan chiroyli bir-biridan go`zal. Qaysi birini uzushni bilmaysan! -deb hazillashib kuladilar dadam, - Ha, o`g`lim dimiz chiqmaydi? - Qurtlagani uchramasin deb yaxshilab izlayabmanda dada! -deyman bo`sh kelgim kelmay. Indinga kechga shahrchada bayram, sanatkorlar kelarmish. Hammayoqda hiyobon, park, kansert zallarida, stadionda bayramga tayorgarliklar ko`rilmoqda. Tong sahardan turib olib, qanday sitilda kiyinish haqida o`ylab qoldim... Ha, bir ikkita og`aynilarim bilan, bir aylanayinchi! Balki dadam aytganidek ko`ngilga yoqqan qirmizi olmamni uchratarman. O`ylab zavqim oshdi. Kecha bozordan olib kelgan kiymlarimni oldim. Shimimni kiyib oynaga qaradim. Huddi o`zimga tikilgan! Kelishgan bolamanda o`ziyam. Oynaga qarab, mashiqlarim natijasidan quvondim. Mushaklarim ancha ishib qolibdi... - Munisa hola! -davroza tomondan ovoz keldi. - Hola... Qo`shnim Zarina sabzavotlar po`chog`ini ko`tarib chiqibdi. - Huu. Zarina kelaver qizim! -deb onam uydan chiqdilar. - Assalom alaykum... Hola manashuni qo`ylarizga olib chiqqandim. Idishini bo`shatib bering! Qo`lidagi plasmasa chelakni onamga berdi. Uyni orqa tomonida ikkitagina qo`y uchun joyimiz bor. Dadam o`g`limi to`yiga deb ikkita qo`chqor bog`lab qo`yishgan. Har kuni mahalladagi qo`shnilar yeg`ilib qolgan, kartoshka, piyoz, qovun-tarvuzni po`chog`ini biznikiga olib chiqib berishadi. Onam Zarinani qo`lidan olib, qo`chqorlarni ohiriga solib qo`ygani ketdilar. Zarina biroz turgach, men tomonga qaradi va derazadan meni ko`rib qo`lini ko`tardi. - Qalaysiz! Sizlab qolibdi, demak kayfiyati yaxshi! Bir g`ashiga tegaychi! Unga Bodibilding sportchilariday mushaklarimni ko`z-ko`zladim. - Qalay zo`rmanmi jonidan? -dedim doyimgidek g`ashiga tegib. Kuldida, derazaga yaqin kelib. - Hali homsan, kashaho`r! -dedi burnini jiyirib. - Hoy senlama, chayooon... -dedim mushtimni ko`rsatib. - Kima chayon, hozir ko`rasan, -dedida shosha-pisha oyg`idagi shippagini ostonaga yechib xonamga kirdi. Chayon degan laqabi bor, kimdur chayon desa qoni qaynab ketadi. Xecham kutmagandim, shart yelkadan oshirib ``gurrrs!`` etib polga yeqitdi. Uuuummm labimni tishladim. ``Bundan battar sharmandalik bo`lmasa kerak Jasur!!!`` dedim ichimda o`zimga achinib. Yaxshiyamki yonimda o`rtog`larim yo`q, bo`lmasa bir umir masxara qilishardi. Bu chayon qiz mendan ikki yosh kichik, ko`p yillar kurash bilan shug`ullangan. Men qaydan bilibman bu jinnini honamgacha bostirib kirishini. Bir qarasam pastda yotibman. Ustimda Zarina tizzasini qornimga tirab yelkamdan boshib turib. - Kim chayon... -deb yelkamdan niqtadi, - Jaska-maska! Avvallari yaqindan yuziga qaramagan ekanman. Chiroylikkina qiz, ammo og`il boladanam battar bezori, tili zahar qiz. O`zimni atay yeqilib berganday ko`rsatdim. Yuz-ko`zlariga razim soldim, qosh-ko`zlariga surma suribdi, lablari ham qizargan... - Ooo` Zari senam bo`yanasanmi? -dedim. Duv etib yuzi qizarib, o`rnidan turmoqchi bo`ldi. Shartta bilagidan tutdim, - Bitta o`tay... - Eee o`lgur... -dedi tirsagi bilan ko`kragimga bir solib, - Yana birmarta shunqa gap qisen, kallangni uzvolaman... Qovog`larini uyib, pupisa qildi. Doyim jahli chiqsa burnini ajoyib tarzda tortib, qo`yadi. Qovog` uyushlari ham o`zgacha o`ziga yarashadi. Balki shunchun jahlini chiqargim kelaverar. Agar dadam aytganday qizlarni olmaga o`xshatsak! To`chni Zarina achchiq olma bo`lardi... - Tur yo`qol uyatsiz. Yigit kishini xonasiga ham kirib kelaverasanmi? - Yigit... - burni tortib qo`yarkan, ustimdan kulib, - Sen hali bolasan... -dedi. So`ng xonamdan chiqib ketmasdan telvizirni qo`yib yoniga o`tirib oldi. Deyarli bolaligidan biznikida katta bo`lgan desam bo`laveradi. Yoshlik paytlarda, onasi rahmatli betob bo`lganda biznikida yotibham qolardi. Shuni uchun indadim. Egnimga futbolkamni kiydim. Oynaga qarab, sochimni tarayotgan paytim onam keldilar. - Zarina qizim... - Shettaman hola... -dedi birdan balan ovozda. - Shang`illamey o`l. Katta holangni uyimi baralla baqirasan? Jahlim chiqib dakki berdim. - O`chir... -dedi telvizirdan ko`z olmay. Onam ham honamga kirib keldilar. - Qizim chelagingni yuvib qo`ydim... - Ho`p... - Akangni yoniga kirvobsanda? -dedilar onam. - Bunaqa singildan hudo asrasin onam... Onam borliklarigami indamadi. Odatda doyim ohirgi gapni u aytardi. Indamagan bo`lsada, namoyishkorona labini qishaytirib, bir o`qrayib qarab qo`ydi va telvizir ustidagi, paketchadagi bir hovuch pistani olib kirsillatib chaqa boshladi. - Tishinga o`q teksin... -dedim oyna orqali uni kuzatar ekanman. - Nega unaqa deysan ahmoq! -onam dakki berdilar, - Chaqaver qizim osh bo`lsin... Birdan oyim hayratdan baqirvordilar: - Vooy sho`rim, shimingni tizzasiga nima bo`ldi? -dedilar ikki yuzlarini kaftlari orasiga olib, tizzamdagi yirtiqqa ko`z tikib, - Nega yirtiq bu? - Onaaamm moda-bu moda... - Eeeee modenga o`t tushsin! Yech yo`qot, tashlavor ahlatga... - Hazillashyabsizmi, ahir bu palon ming turadi-yaa!.. Onam lablarini tishlagancha, hali ham ko`zlariga ishonmay boshlarini sarak-sarak qildilar. - Seni aldabdi sotuvchi birovni eskisini sotibdi! - Onaaa, eeey sizga tushuntirguncha bir qop jon kerak... Ana shaharga tushung hamma yoshlar, hatto qizlar ham tizzasi yirtiq shim kiyib yuribdi!.. - Zarinaga qaradim, - Zarina sen ayt... - Hola o`ziz o`ylang! Bozorda kim ham manabunaqa oqarib, tizzalari chirib ketgan shim soatadi? Buniz laqma, bozorchi aldan o`zini eski uychiga kiyadigan shimini sotgan! - achingandek boshina sarak-sarak qilarkan, - Eee o`l laqma! -dedi. Boygi ishim javobsiz qolmasligini sezgandim. Lekin chayon sovutmasdan alamini oldi... - Voooy ona bu aldayabdi. Ahir Zarinaeyz jinniku!.. - ko`rsatkich barmog`imni chakkamga parma qildim, - Hali shoshmay tur... Hali shimdagi yirtiq moda ekanligini tushuntirib ulgurmay, onam sochimga hamla qildilar. - Vooy o`lmasam, necha soching, popishaynikiday tik turgan? Taroqni ochib, tarmaklab olgan sochimni, buzib qaytadan o`zlari tarab qo`yishga taradudlandilar. Zarina esa qiqirlab kulvordi. - To`k urgandurda! Onam esa qo`yarga-qo`ymay, o`ngdan parqi ochib, silliq taray boshladilar. - Hola bitta do`ppiyab kiyg`azib qo`ying! -dedi ustimdan kulib qiqirlab. - Ovozingni o`chir... -dedim tutaqib. - Ha to`g`ri aytyabdi. Do`ppi yigitni ko`rki! - Onam rostini aytsam, ovora bo`lmang. Sochimni o`zim istaganday turmaklab olaman. Hozir hechkim do`ppi kiymaydi. Do`ppi kiyib ko`chaga chiqsam, hamma ``Tinchlimi!`` deydi... - Aldayabdi hola, hozirgi bollar hammasi do`ppi kiyib yuribdi... Zarina yana onamni aldab, ustimdan kulib jig`imga tega boshladi. - Hee daf bo`lgin. Vapshem yo`qolib qol... - Bo`pti uyini yelkami chuquri ko`rsin... -telvizirni
Скачать txt | fb2
1 2 3 ... 5 >>